Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Bir sulolа tаrixi – Zokirovlаr” nomli ko’rgazma tashkil etildi


Oʼzbek xalqi qadimdan musiqani yaxshi koʼradi. Yurtimizda uyushtiriladigan bayramlar, tadbirlar, kechalarni ajoyib qoʼshiqlar va jozibali raqslarsiz tassavvur qilish qiyin. Musiqa sanʼatida oʼz oʼrniga ega boʼlgan Rajabiylar, Otajonovlar, Zokirovlar kabi sulolalar haqida xalqimiz juda yaxshi biladi. Аna shunday ijodkor sulolalar ichida Zokirovlar sulolasi alohida oʼrin tutadi.

 

O’zR FA O’zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida “Bir sulolа tаrixi – Zokirovlаr” nomli ko’rgazma tashkil qilindi. Unda xonanda, afsonaviy “Yalla” ansamblining rahbari, Oʼzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, Botir Zokirov fondining boshlig’i Ravshan Zokirov ishtirok etdi.

Koʼrgazmada sulola vakillari aks etgan 20 yaqin tarixiy fotosuratlar va 10 ga yaqin hujjatli filmlar namoyish etildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!