Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Binolar xavfsizligini baholovchi yangi texnologiya


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari tomonidan yangi ilmiy loyiha ishlab chiqildi. Ushbu loyiha doirasida ikki komponentli seysmodatchik yaratilib, u bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholashda qo‘llaniladi.

 

Mazkur seysmodatchik zilzilalar vaqtida binolar va inshootlarda yuzaga keladigan tebranishlarni aniqlash va qayd etish, shuningdek, seysmorazvedka ishlarida, muhandislik stansiyalari tarkibidagi seysmologik tadqiqotlarda keng qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, u sanoat portlashlari natijasida yuzaga keladigan seysmik to‘lqinlar intensivligini baholashda hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mashina va mexanizmlar tebranishlarining obyektlarga ta’sirini aniqlashda samarali vosita hisoblanadi.

Mazkur ishlanma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patenti olingan.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!