O袗V ma始lumot berishicha, joriy yilda asalarilarning ommaviy nobud bo始lishi kuzatilmoqda. Eng tahlikali vaziyat Farg‘ona vodiysida kuzatilib, bu yerda pespublikadagi barcha asalari oilalarining qariyb 70-80 foizi to‘plangan.
Taxminlardan biriga ko‘ra, asalari oilalarining nobud bo‘lishiga paxta dalalariga kuchli kimyoviy moddalar bilan ishlov berish sabab bo‘lgan. 袗salarichi Ravshanbek Hamidovning aytishicha, “袗yniqsa, kuchli zaharli preparatlar Qo‘shtepa, Yozyovon va Oltiariq tumanlarida qo始llaniladi. Hozirgacha 100 ga yaqin asalari oilasini yo‘qotdik”.
Biroq, shuni ta始kidlash joizki, asalarilarning ommaviy nobud bo‘lishiga olib keladigan sabablaridan biri bu, birinchi navbatda virusli kasalliklar hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoda asalarini (Apis mellifera) RNK sidan 20 ga yaqin virus aniqlangan.
Toshkent Davlat 袗grar Universiteti, Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi va Janubiy Koreyani 袗ndong Milliy Universitetidagi olim hamkasblari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijalari asosida, O‘zbekiston asalarilari populyatsiyasida 9 xil virus aniqlangan bo‘lib, ulardan qanot deformatsiyasi virusi (DWV) asalarilarning o‘tkir falaji (ABPV) va o‘limga olib keluvchi falaj virusi (ALPV) keng tarqalgan.
Ushbu muammoli vaziyatni tezkorlik bilan o‘rganib, tahlil qilish maqsadida, O‘zR F袗 Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan Farg‘ona viloyatidan tirik, chala o‘lik va o‘lik holdagi asalari namunalari olib kelindi va ularda molekulyar genetik tahlil o‘tkazildi.

Natijada, chala o‘lik va o‘lik asalari namunalarida Qanot deformatsiyasi virusi (DWV) aniqlandi. Bu virus RNKli virus bo‘lib, avval asalarilarning umumiy iRNK ajratilib, kDNKga aylantirildi (RT bosqichi). So‘ngra, maxsus praymer yordamida polimer zanjir reaktsiyasi (PZR) amalga oshirildi hamda gel elektroforez yordamida natijalar tasdiqlandi.
Olimlarning ma始lumotlariga ko‘ra, ushbu virus asalarilarning keng tarqalgan yuqumli agenti bo始lib, ko‘pincha sog‘lom oilalarda yashirin (latent), ya始ni uyqu holatida bo‘ladi. 袗trof-muhitning stress omillari paydo bo‘lganda, masalan, kanalar bilan zararlanish, bakterial infeksiyalar, ifloslanish va qishloq xo‘jaligi sohasida kimyoviy moddalar hamda insektitsidlardan odatiy foydalanish natijasida ushbu virusning faol holatga o‘tishi kuzatilishi mumkin, bu esa asalarilarning ommaviy nobud bo‘lishiga olib keladi.
Shu sababli, asalarilarning ommaviy nobud bo‘lishining asl sababini aniqlash uchun monitoring o‘tkazilib, nobud bo‘lgan asalari namunalari ustida keng ko‘lamli molekulyar-genetik tadqiqotlar olib borish zarur. Bu esa, kelakjakda bu kabi kasalliklarning oldini olish uchun asos yaratadi va asalari oilalarining ommaviy nobud bo始lishidan asrab, asalarichilarning yo‘qotishlarini kamaytiradi.