Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аmaliy aloqalar rivoji


Oʼzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan OʼzR FА Oʼsimlik moddalari kimyosi institutiga Tojikiston Respublikasi farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tashrif buyurdi va Institut faoliyati faoliyati hamda laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar Oʼsimlik moddalari kimyosi institutining GMP texnologiyalari asosida dori substantsiyalari ishlab chiqarish korxonasida boʼldi va bu yerdagi jarayonlar bilan tanishib chiqdi.

Tashrif yakunida Institut mutasaddilari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, istiqbolli yoʼnalishlar muhokama qilindi. Kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!