Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga ajoyib tuhfa


Soʼz mulkining sultoni Hazrat Mir Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi Burobiya Rajabovaning “Boqiy vasiyatnomalar” kitobi nashr etildi.

Mazkur kitobda Аlisher Navoiy asarlarida tasvirlangan tarixiy va badiiy obrazlar, timsollar tahlil etilgan. Uning moliyaviy ibodati, mulk haqidagi qarashlari, ayrim fazilat va qadriyatlar haqidagi mumtoz talqinlar tarannum qilingan poetik lavhalar va badiiy mahorati, boqiy vasiyatnomalari, soʼz muddaolari, koʼngil bilan bogʼliq ifodali tasvirlari, ijod, madaniy muhit, ilm-u maʼrifat bilan bogʼliq masalalari ijtimoiy fikr va poetik talqin mezonida tadqiq etilgan. Аlisher Navoiyning sharafli nomi zikr qilingan adabiy manbalar xususida ham fikr yuritilgan.

Kitob oʼrta va oliy oʼquv yurtlarining filologiya fakulteti talabalari, oʼzbek mumtoz adabiyoti tarixi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!