Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Sodiq Azimov xotirasiga bagʻishlangan haykal tantanali ravishda ochildi


Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida akademik Sodiq Azimovich Azimov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan olim xotirasiga bag'ishlangan haykal ochildi.

Tadbirda taniqli davlat va jamoat arboblari, yetakchi olimlar, akademikning oila a'zolari, shogirdlari hamda xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

 

Tadbir akademik Sodiq Azimovich Azimovning ilm-fan rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini yodga olish, uning boy ilmiy merosini kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Marosim nafaqat olimning yaqinlari va shogirdlari, balki keng jamoatchilik uchun ham katta maʼnaviy ahamiyatga ega boʻldi.

Ma'lumot o'rnida: 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizik olim Sodiq Azimov (1914–1988) — respublika ilm-fanida yadro fizikasi va quyosh energiyasidan foydalanish sohalarining asoschilaridan biri. U O‘zR FA Yadro fizikasi instituti tashkilotchilaridan bo‘lib, Parkentdagi quyosh pechining barpo etilishida muhim rol o‘ynagan. Azimov 14 nafar fan doktori va 70 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan, 1964-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!