Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Ahmadali Asqarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi


Fanlar akademiyasida yetuk arxeolog olim, akademik Ahmadali Asqarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Hukumat vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda akademiklar, taniqli davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, talabalar va olimning shogirdlari ishtirok etdi.

 

Tadbirni O‘zR FА prezidenti, akademik Shavkat Ayupov ochib berdi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda o‘zbek ilm-faniga berilayotgan eʼtibor haqida gapirib o‘tdi. 
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov Davlatimiz Rahbarining tabrigini hamda akademikni ko‘p yillik samarali mehnati, o'zbek ilm-fani, arxeologiya sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun hamda tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonini o‘qib eshittirdi.

 

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar olimning ilmiy ishlari, o‘zbek ilm-faniga, arxeologiya sohasiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etishdi. Olimni qutlug‘ 90 yoshi hamda Davlatimiz Rahbarining yuksak mukofoti bilan qutladilar. Akademik A.Asqarovga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tiladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!