
O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.
Taniqli pulmonolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi Ubaydullayev Abdulla Muharramovich 91 yoshida olamdan o‘tdi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Abdulla Ubaydullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan hamdardlik bildiramiz.