O‘zR FA Mikrobiologiya institutida yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularni ilm-fan yangiliklari, olimlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Agar Art” nomli ijodiy tanlov va ochiq mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar ilmiy xodimlar ko‘magida xavfsiz, patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar yordamida Petri kosalarida badiiy kompozitsiyalar yaratdilar va o‘z ishlarini tanlovga taqdim etdilar.
Eslatib o'tamiz, eng yaxshi ishlar Institut tomonidan 24-25-sentyabrda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya doirasida mukofotlanadi.