Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

10-noyabr — Butunjahon ilm-fan kuni!


Har yili 10-noyabr kuni ilm-fanning jamiyatdagi muhim oʻrni va ilm-fanga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirok etishi zarurligiga qaratilgan “Tinchlik va taraqqiyot yoʻlida butunjahon ilm-fan kuni” nishonlanadi.

1999-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Butunjahon ilm-fan kuni bayramini joriy qilish haqidagi taklifni YUNESKOga yoʻllaydi. YUNESKO 2001-yilda ushbu taklifni maʼqulladi va 10-noyabr sanasini Butunjahon ilm-fan kuni deb rasman tasdiqladi hamda va 2002-yildan beri nishonlanadi. Bu bayramning toʻliq nomi “Tinchlik va taraqqiyot yoʻlida butunjahon ilm-fan kuni” (World Science Day for Peace and Development) deb qayd etildi.

Bayramni joriy etishdan asosiy maqsad jamiyat taraqqiyoti va tinchligi yoʻlida ilm-fan ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ilm-fan yoʻliga toʻgʻanoq boʻlayotgan muammolarga jamiyat eʼtiborini jalb etish va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!