Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Zilzilabardosh qurilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan xalqaro seminar tashkil etimoqda


Joriy yilning 23-24-sentyabr kunlari Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida zilzilabardosh qurilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan xalqaro seminar tashkil etimoqda.

Seminarning asosiy maqsadi- zilzilabardosh qurilish va mintaqamizda seysmik faollik bilan bog‘liq masalalar  yuzasidan tadqiqot olib borayotgan dunyoning kuchli ekspertlari va olimlar o‘rtasida fikr almashish uchun tajriba  maydoni yaratishdan iboratdir. 

Ushbu xalqaro seminarda sohaning dunyo tan olgan olimlari, mutaxassislari ishtirok etadi. 

Ushbu dolzarb mavzuga befarq bo‘lmagan barcha OAV vakillarini  xalqaro ilmiy seminarimizga taklif qilamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!