Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Xalqaro miqyosda IUCN mezonlarini qo‘llashdagi uslubiy yondashuvlar” mavzusidagi XALQARO TRENING


Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan Mintaqaviy darajadagi IUCN shkalasi ko'ra yo'qolib ketish xavfini baholash bo'yicha “Xalqaro miqyosda IUCN mezonlarini qo‘llashdagi uslubiy yondashuvlar” mavzusidagi XALQARO TRENING o'tkaziladi.

Ushbu xalqaro treningda nafaqat respublikamiz olimlari, balki xalqaro ekspertlar ham ishtirok etadi.

Trening dasturidan O'zbekiston "Qizil kitobi", uni xalqaro IUCN standartlariga moslashtirish, yo'q bo'lib ketish xavfini baholash, IUCN yo'q bo'lib ketish xavfi toifalari, Milliy "Qizil kitob"ga kiritish uchun IUCN mezonlari asosida turlarni baholash, "Yaqin xavf ostida" maqomiga taksonlarni kiritish mezonlarini hisoblash kabi bir-biridan qiziqarli ma'ruzalar o'rin olgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!