KO'RGAZMAGA TAKLIF ETAMIZ!
Sizni 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali - Toshkent muzeyida tashkil etilayotgan “Xotirlash muqaddas burchimizdir” nomli ko‘rgazmaga taklif etamiz!
Ko‘rgazma davomida insoniyat tarixidagi eng daxshatli urushning yurtdoshlarimiz turmush tarziga yetkazgan keng ko‘lamli zarari, xalqimizning front va front ortidagi fidokorona mehnatlari hamda jasoratlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz, o‘sha davrga oid artefaktlarni, fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Hurmat bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi jamoasi!