Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Radiopreparat” ixtisoslashtirilgan ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan press-turga taklif etamiz


Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Sizni Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti huzuridagi “Radiopreparat” ixtisoslashtirilgan ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan press-turga taklif etamiz.

Bugungi kunda yadro tibbiyoti fizika, kimyo, biologiya va klinik amaliyot yutuqlarini o‘zida mujassam etgan, zamonaviy tibbiyotning eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur yo‘nalishda respublikamizda radioizotop va radiofarmatsevtika mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarib kelayotgan “Radiopreparat” markazi faoliyati siz uchun qiziqarli va foydali bo‘lishiga ishonamiz!

Press-tur davomida siz:

radiofarmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishasiz;
 yadro tibbiyoti sohasidagi so‘nggi ilmiy ishlanmalar haqida ma’lumot olasiz;
yetakchi mutaxassis va olimlar bilan muloqot qilasiz.

Tadbir vaqti: 2025-yil 17-dekabr, soat 10:00
Tadbir joyi: FA Yadro fizikasi instituti huzuridagi “Radiopreparat” davlat muassasasi.

Eslatma: Press-turga soat 09:00da Fanlar akademiyasi Prezidiumi binosi oldidan jo‘nab ketiladi. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!