Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Materialshunoslik institutida “OChIQ EShIKLАR KUNI” o'tkaziladi!


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti yirik ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi. Mazkur muassasada Osiyo mintaqasida yagona boʼlgan “Katta Quyosh sandoni” joylashgan va bu joy turistik obyekt sifatida ham mashhur.

Joriy yil 27-may kuni soat 10:00da ushbu ilmiy muassasa faoliyati, innovatsion ishlanmalari va gʼoyalari, “Katta Quyosh sandoni”ning texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida keng jamoatchilik uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilinmoqda.

 

Eslatma: 27-may kuni soat 8:30da Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi binosi (Toshkent shahri, Ya.Gʼulomov koʼch. 70-uy) avtobusda yoʼlga chiqiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!