Fashizm ustidan qozonilgan G始alabaning 75 yilligiga ham sanoqli kunlar qoldi. O始sha yillari urush daxl etmagan biron bir xonadon, oila bo始lmagan. Farzandiga non tishlatib, ularni bag始riga yana bir bor bosolmagan ota-onalar, aziz yorini kutib, chirog始ini o始chirmagan ayollar, yaqinlarini yo始qotgan jigarbandlar, ota bag始rini bilmagan farzandlar, buvasiz o始sgan nevaralar – bularning bari aytishga oson...
Ular orasida qator farzandlari frontdan qaytmagan oilalar ham ko始p bo始lgan. Mashhur Zokirovlar oilasi kabi besh farzandi frontga ketib, ulardan birontasi qaytmagan yana bir oila – Ibrohimovlardir. Ularning nomlari Toshkent shahridagi 64-maktab hududida joylashgan yodgorlikdan o始rin olgan: Hakim, Rahim, Haydar, Habib, 袗nvar.
Oila haqida 1995-yili chop etilgan O始zbekiston Respublikasi xotira majmua-kitobining 294–295 betlarida “袘褉邪褌褜褟 袠斜褉邪谐懈屑芯胁褘 (袗ka-uka Ibrohimovlar)” maqolasini o始qir ekansiz, ularning o始z uyiga yo始llagan xatlarida jangchining G始alabaga ishonchini his etasiz. Shu bilan birga “men hali tirikman va sog始man” degan so始zlar yaqinlarini xotirjam qilish uchungina aytilgandir. 袗mmo uning ortida insonni ayovsiz janglardan keyin hayot ekanligiga shukronaligi, urushni yakunlab Vatanga qaytish umidi ifodalangan edi. Biroq, ular qaytishmadi...
Muallifi ko始rsatilmagan bu maqola e始lon qilinganligiga ham 25 yil bo始ldi. 袗ka-uka Ibrohimovlarning yaqinlarini izlash bo始yicha olib borilgan ishlar hozircha natija bermadi. Shu sababdan mazkur masala bilan shug始ullanayotgan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O始zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo始yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz aka-uka Ibrohimovlar haqida ma始lumotlarni to始ldirish, suratlar va boshqa materiallar bilan tanishish hamda bu haqda alohida izlanish ishlarini olib borish maqsadida ularni bilgan, tanigan vatandoshlarimizdan ushbu xayrli ishga o始z hissalarini qo始shishlarini so始raydi.
Umumiy ma始lumotlar:
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy arxivi ma始lumotlari asosida 2 farzand Samarqandda tug始ilganligi, otalarining ismi – Husayn, onalari – Gulbonu (Gulbanu, Guliya) Galievna ekanligi, onalarining yashash manzili – hozirgi Mirzo Ulug始bek tumani Oloy (o始sha vaqtda Kuybishev rayoni, Pochtovaya) ko始chasi, 25- uy ekanligi aniqlandi. Urushdan keyingi yillarda bu ko始chada ko始p qavatli binolar qurilgan hamda bu raqam bilan uy mavjud emasligi ma始lum bo始ldi.
Farzandlar haqida ma始lumotlar:
Ibragimov 袗nvar – 1938-yili armiyaga chaqirilgan, u chegara qo始shinlarida xizmat qilgan, urush yillari ofitserlik kurslarini tamomlagan. 1946-yili katta leytenant 袗.Ibragimov chegarani qo始riqlayotganda halok bo始lgan. 袗nvar Ibragimovga oid qo始shimcha ma始lumot aniqlanmaganligi uchun otaning ismi qayd etilmadi. Sababi, farzandlarning birida otasiga oid ma始lumot Xuseinovich, boshqalarida Xusainovich tarzida berilgan.
Ibragimov Raxim Xusainovich – 1909-yili tug始ilgan, 1941-yilgacha u texnikumni bitirib, Moskva mo始ynachilik fabrikasining Buxoro qorako始lchilik zavodida direktor bo始lib ishlagan. Unga “Hurmat belgisi” ordeni berilgan. Uylangan va Termizdan ko始ngilli bo始lib frontga ketgan. U Qizil Bayroqli 95-gvardiyachi o始qchi diviziyasi, 290-gvardiyachi o始qchi polki, 3-o始qchi rota qo始mondoni, gvardiyachi leytenant bo始lgan. 2-Ukraina frontida jang qilgan R.Ibragimovning oxirgi xatida 1944 yilning 7 aprel褜 sanasi qo始yilgan. U 1944-yil 4-mayda halok bo始lgan. (Ts袗MO RF, F. 33, Op. 690155, D. 281, L. 11; F. 33, Op. 11458, D. 249, L. 18)
Ibragimov Xakim Xusainovich – 1912-yili tug始ilgan, 1935-yili armiyaga chaqirilgan, undan oila oxirgi xatni 1941-yilning avgustida olgan. Hujjatda yozuv bilan 1944-yilning aprel oyida bedarak yo始qolganligi qayd etilgan. (Ts袗MO RF, F. 58, Op. 977520, D. 259, L. 4)
Ibragimov Xabib Xusainovich – 1915-yili tug始ilgan, 1939-yili armiyaga chaqirilgan, Fin urushi qatnashchisi, Belorussiyada jang qilgan. 1941-yil sentabrida bedarak yo始qolganligi sababli uning nomiga qoraxat olingan. (Ts袗MO RF, F. 58, Op. 18004, D. 630, L. 10)
Ibragimov Xaydar Xuseinovich – 1921-yili tug始ilgan, 1944-yilning yanvarida Ukrainani ozod qilishda halok bo始lgan. Katta serjant, snayper X.Ibragimov Termizdan chaqirilgan. (Ts袗MO RF, F. 33, Op. 686044, D. 3165, L. 2)
Murojaat uchun telefon: 71-233-37-01,
Haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 gacha.
Elektron pochta manzili: tmarkaz@academy.uz, engyangitarix@mail.ru