Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

DIQQAT TANLOV!


Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar uchun grantlar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun grantlar ajratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlov “Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish va amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida o‘tkaziladi (ilovada keltirilgan). Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim (ilovaga qarang).

Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 31-dekabrga qadar. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar 2026 yilda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun:

Telefon: (71) 233-68-95


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!