Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Dolzarb muammolarni hal etishda kimyo-biologiya sohasining anʼanaviy va zamonaviy tadqiqot usullari” mavzusidagi matbuot anjumani oʼtkazildi


Maʼlumki, 2020-yilda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yoʼnalishlarda taʼlim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.

Shu munosabat bilan joriy yil 30-aprel kuni Milliy matbuot markazida o’tgan yilda kimyo-biologiya yo’nalishida Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bagʼishlangan "Dolzarb muammolarni hal etishda kimyo-biologiya sohasining anʼanaviy va zamonaviy tadqiqot usullari" mavzusida matbuot anjumani oʼtkazildi.

Unda FА vitse-prezidenti B.Ibragimov, Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti direktori Sh.Sagdullayev, Genomika va bioinformatika markazi direktori oʼrinbosari Z.Boʼriyev, yetakchi olimlar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida kimyo-biologiya yoʼnalishi ustuvor vazifa etib belgilangan 2020-yilda FА olimlariga yuklatilgan vazifalar va bular doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, fan-ta’lim integratsiyasi, farmasevtika, qishloq xo’jaligi, biotexnologiyalar yo’nalishlaridagi ilmiy-tadqiqotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqotlar natijadorligi oshirishga qaratilgan Mikrobiologiya institutida “Fitovirusologiya” laboratoriyasi, Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida “Biotibbiyot texnologiyalarini muvofiqlashtirish markazi”, Oʼsimlik moddalari kimyosi institutida diagnostikumlarni ishlab chiqarish korxonasi hamda “Tibbiy kimyo va nozik organik sintez” laboratoriyasi tashkil etilganligi haqida ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, FА Genomika va bioinformatika markazida zamonaviy molekulyar biologiya texnologiyalaridan foydalangan holda turli qishloq xoʼjaligi ekinlarining yangi navlarini (paxta, kartoshka, bugʼdoy, makkajoʼxori va boshqa) yaratish boʼyicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ham atroflicha gapirib berildi.

Bundan tashqari, FА olimlari tomonidan yaratilgan biologik namunalardan virus RNKsini ajratib olish uchun toʼplami hamda koronavirusga qarshi yaratilgan vaktsina haqida ham alohida to’xtalib o’tildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!