Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Jamoa shartnomasi - xodimlar ijtimoiy himoyasini ko‘zlaydi


2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida 2018-yil yakunlari bo‘yicha ushbu muassasa ma’muriyati va xodimlari o‘rtasida 2016-2020-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Amaldagi qonunchilikka binoan, jamoa shartnomasi shartlarining bajarilishi to‘g‘risida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hisobot berdilar. Shundan so‘ng jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi ikki tomonlama komissiya raisi yig‘ilganlarni jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi yuzasidan tuzilgan tekshiruv dalolatnomasi bilan tanishtirdi.

Yig’ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mexnatkashlarni ijtimoiy – iqtisodiy himoyalash bo‘limi mudiri Maxmud Isaev, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Maxmud Boboyarov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Jo‘raevlar ishtirok etdi. 

Institutda jamoa shartnomalariga muvofiq xodimlarga nikoh to‘yi munosabati bilan moddiy yordam berish, shuningdek, ularni yubiley sanalari va pensiya yoshiga yetishi munosabati bilan rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Alohida ta’kidlash zarurki, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Barcha xodimlar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilingan bo‘lib, sanitar-maishiy xonalar yetarli darajada jihozlangan, barcha xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib jamoa shartnomasiga asosan  mablag‘lar ma’muriyat tomonidan qoplanib berilgan, shuningdek, joylarda isitish hamda havoni sovutish tizimlari profilaktik ta’mirdan o‘tkazilgan.

Xodimlar va ularning oila a’zolarini  “Chorvoq”, “Ugam”, va “Navro‘z” dam olish maskanida, kasaba uyushmalari Federatsiyasi sanatoriylarida, xodimlar farzandlarini esa respublikamizning bolalar oromgohlarida dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil etish choralari ko‘rilgan. Samarqand shahriga sayohatlar uyushtirilgan.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mehnat jamoasi vakillari jamoa shartnomasini amaliyotga tadbiq etish borasida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining maqsadli sa’y-harakatlarini ijobiy baholashdi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!