Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oxirgi yillardagi xalqaro hamkorligi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufidagi ilmiy muassasalarning xorijiy davlatlar bilan xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorligi ushbu davlatlar ilmiy tashkilotlari va markazlari oʻrtasida imzolangan xujjatlar (ikki tomonlama shartnomalar, memorandumlar, ilmiy almashinuvlar, qoʻshma nashrlar va boshqalar) asosida tashkil etiladi.
Xorijiy tashkilot olimlari bilan hamkorlik aloqalari, ilmiy maʼlumotlar almashish Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari ilmiy xodimlarining zamonaviy ilmiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Soʻngi yillarda Fanlar akademiyasining MDH davlatlari va Xitoy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy-texnik hamkorligi sezilarli darajada faollashdi.
Shu maqsadda yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar, universitetlar va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish yoʻlida qator shartnomalar va hamkorlik memorandumlari imzolangan. Xususan, 2023-2025-yillarda jami 207 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Mazkur kelishuvlar doirasida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, olimlar va yosh tadqiqotchilarning akademik mobilligini taʼminlash, xalqaro ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish, shuningdek, ilmiy nashrlar va innovatsion ishlanmalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish nazarda tutilgan. Natijada Oʻzbekiston olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi ishtiroki kengayib, milliy ilm-fanning nufuzi va raqobatbardoshligi izchil ravishda oshib bormoqda.
Jumladan:
1. KALAM loyihasining asosiy maqsadi Iroq va Oʻzbekistondagi qadimiy turar-joy qoldiqlari, arxitektura yodgorliklari, noqonuniy qazishmalar tahdidi ostida boʻlgan arxeologik obyektlar GIS texnologiyalari yordamida tadqiq etiladi. Ushbu loyihaning Milliy arxeologiya markazi tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqot obyekti sifatida Kofirqala va Pashxur yodgorliklari tanlab olingan. Loyihaning umumiy miqdori 1 390 000 yevroni tashkil etadi, shundan 330 300 yevro Oʻzbekistonga loyiha davomida yoʻnaltirilgan.
2. Yaponiyaning Chiyoda Teknol Korporeshn kompaniyasi bilan uran rudasi chiqindilaridagi radiy-226 miqdorini va uni ajratib olish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha loyiha bajarildi.
Loyixa buyicha Uzbekistandagi uran rudasi chiqindilaridagi radiy-226 taxminan miqdori aniklandi. Radiy-226 uran rudasi chiqindilaridan ajratib olish usullari aniklandi.
3. Transposed Poisson strukturalari (solvable, perfect Lie algebralar; Virasoro/Witt turdagi algebralar; kichik oʻlchamli quasi-filiform Lie algebralar) boʻyicha barqaror ilmiy yoʻnalish shakllandi (2024–2025-yillardagi nashrlar bilan mustahkamlangan).
-2D hujayraviy avtomatlar (CA) – reversibility/irreversibility masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikda natijalar olindi (IJBC, 2023).
-Holomorf dinamika va endomorfizmlar oilalari (IMSc/NUS hamkorligi) boʻyicha natijalar olindi (IMRN, Trans. AMS, 2024).
-Biomatematika va koʻp-lokusli dinamik tizimlar boʻyicha xalqaro jurnalda natija eʼlon qilindi (2025).
2023–2025-yillar davomida xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar hamda amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari jami 2029 ta xorijiy ilmiy safarni amalga oshirdilar. Ushbu safarlar davomida olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, xalqaro simpozium va konferensiyalarda maʼruza qilish, shuningdek, yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar oʻtash imkoniyatiga ega boʻldilar. Jumladan:
1. Genetika va oʻsimliklar biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi Tursunov Shaxzodjon 2025-yil 3-sentyabrdan 25-oktyabrgacha Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon provinsiyasidagi Xinjiang Institute of Ecology and Geography da ilmiy malaka oshirib qaytdi. Malaka oshirishning asosiy maqsadi bugʻdoyda keng tarqalgan sariq zang kasalligini keltirib chiqaruvchi patogen populyatsiyasining genetik asoslarini chuqur oʻrganish va chidamlilik mexanizmlarini aniqlashdan iborat boʻldi.
Malaka oshirish jarayonida sariq zang populyatsiyasining genetik xilma-xilligi, patogenlik testlari, infeksiya mexanizmlari hamda bugʻdoy navlarining sariq zangga chidamliligini baholash usullari oʻzlashtirildi. Molekulyar va fenotipik baholash usullari orqali kasallikka chidamli genotiplarni aniqlash boʻyicha amaliy tajriba orttirildi. Ushbu bilim va tajribalar Oʻzbekiston sharoitida sariq zangga chidamli bugʻdoy navlarini yaratish, kasallikning tarqalishini erta bosqichda aniqlash va hosildorlik yoʻqotishlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
2. U.A. Aripov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining “Amaliy nanotexnologiyalar” laboratoriyasi tayanch doktoranti Zoxidov Xojiaxmad Xojakbar oʻgʻli va kichik ilmiy xodimi Abduraxmanov Farhod Ilxom oʻgʻli 2025-yil 15-oktyabrdan 14-noyabrgacha boʻlgan davr mobaynida Germaniya Federativ Respublikasining Frayberg shahrida joylashgan Texnik universitet Bergakademiya institutiga xizmat safariga borildi.
Xizmat safari davomida qattiq materiallarni tahlil qilishning zamonaviy usullari oʻzlashtirildi, shuningdek, ALD usuli bilan plyonkalarni olish texnologiyalari oʻrganildi hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida ALD usuli bilan plyonkalarni olish boʻyicha tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi.
Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar va xorijdagi tashkilotlar bilan 2023–2025-yillar davomida koʻplab qoʻshma loyihalar amalga oshirildi. Jumladan:
1. OʻzR FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti loyihasi rahbari biologiya fanlari doktori, professor Sherimbetov Anvar Gulmirzayevich hamda bosh ilmiy xodim, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Adilov Baxtiyor Shuxratovich 2025-yilning 1-iyuldan 15-avgustgacha boʻlgan davrda Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi, Sindao shahrida joylashgan Sindao qishloq xoʻjalik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan № AL-8724052898-R2 sonli «Xitoy va Oʻzbekistonda olmaning antraknoz va mevalarning achchiq chirishi kasalligini keltirib chiqaruvchi Colletotrichum zamburugʻ turlarining genetik xilma-xilligi, fungitsidlarga chidamliligi va patogenlikka javob beruvchi genlarini oʻrganish hamda ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish» nomli Oʻzbekiston – Xitoy xalqaro qoʻshma amaliy loyihasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasidagi Sindao qishloq xoʻjalik universitetining «Epidemiologiya va meva daraxtlari kasalliklaridan integratsiyalashgan himoya qilish» laboratoriyasida xizmat safarida boʻldi.
2. Astronomiya instituti Chexiya Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti bilan hamkorlikda astronomik kuzatuvlar asosida asteroidlar harakatiga taʼsir qiluvchi gravitatsion va nogravitatsion kuchlarni tadqiq etish ishlarini amalga oshirmoqda. Hamkorlikdagi tadqiqotlar natijasida 11 ta asteroidning shakl modeli yaratildi, yangi 5 ta qoʻshaloq asteroid ilk bor aniqlandi. Shuningdek, hamkorlik doirasida WoS (Web of Science) bazasida indeksatsiyalanuvchi jurnallarda soʻnggi yillarda 4 ta ilmiy maqola chop etildi.
3. Belgiya HPC texnologiyalari tajribasi asosida Oʻzbekistonda materialshunoslik sohasidagi masalalarni modellashtirish uchun moʻljallangan, yuqori unumdorlikka ega hisoblash tizimi yoʻlga qoʻyildi va samarali boshqarilmoqda.