Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutiga press-tur tashkil qilindi


Аvval xabar qilganimizdek, Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida yangi tajriba-eksperimental laboratoriyasi tashkil qilingan edi.

Bugun, 31-mart kuni ushbu laboratoriyaga press-tur tashkil qilindi. Laboratoriyada farmatsevtika, veterinariya, parrandachilik va baliqchilik uchun yangi xususiyatlarga ega mikrob preparatlar yaratish, ularni kichik hajmda ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshiriladi.

 

Press-tur ishtirokchilari laboratoriya ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Biopreparatning xom-ashyo holatidan tayyor mahsulot holatigacha boʼlgan jarayonlarini kuzatishdi.

 

Ushbu laboratoriya yangi avlod biopreparatlarini ishlab chiqishda ilk qadamlardan biri boʼlib, bu yoʼnalishdagi ilmiy tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!