馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mikrobiologiya institutida yangi laboratoriya tashkil etildi


O’zR F袗 Mikrobiologiya institutida AllWellLab MChJ bilan hamkorlikda Jahon Islom taraqqiyot banki va Innovatsion rivojlanish va novatorlik g始oyalarini qo始llab-quvvatlash jamg始armasi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihaga ajratilgan mablag’larni jalb etgan holda yangi laboratoriya tashkil etildi.

 

Laboratoriyada farmatsevtika, veterinariya, parrandachilik va baliqchilik uchun mikrob preparatlar yaratish, ularni kichik hajmda ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish uchun tayyor bo始lgan biopreparatlardan biri oshqozon va ichak yallig始lanishining oldini oluvchi va davolovchi “Laktopropolis” dori vositasi. Dunyoda preparatning analogi yo’q bo始lib, ilmiy loyihalar doirasida o’tkazilgan klinik oldi sinovlari uning yuqori samaradorligini ko始rsatgan. Ushbu preparat rasmiy ro始yxatdan o’tganidan keyin ishlab chiqarish va tijoratlashtirishni yo始lga qo始yish mo始ljallangan.

Kelajakda vitamin hosil qiluvchi probiotik preparatlar, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatilishga mo始ljallangan bir marta qo始shiladigan achitqilar, veterinariya, parrandachilik, baliqchilikda ishlatiladigan ozuqaga prrobiotik qo始shimchalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Laboratoriya yangi avlod biopreparatlar ishlab chiqish, yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish uchun kadrlar tayyorlash hamda farmatsevtika va biologiya yo始nalishida ta始lim olayotgan bakalavr va magistrlar uchun amaliyot o始tish uchun xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!