O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti (2018-yildan hozirgi vaqtgacha)
Kimyo fanlari doktori, professor, akademik
Supramolekulyar kimyo fanlari sohasidagi olim
1949-yil 11-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan
1973-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan.
O’zR FA Bioorganika kimyo institutida stajyor-tadqiqotchi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim bo’lib ishlagan.
300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 monografiya va 10 ixtiro muallifi.
3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.
2007-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.