O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha vitse-prezidenti (2017 yildan hozirgi vaqtgacha).
Tarix fanlari doktori.
Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan.
1981 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ni tamomlagan.
O’zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo’lim boshlig’i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta monografiya muallifi.
1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.