Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh sharqshunoslar konferensiyasi o‘tkazildi


2019-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida an’anaviy Yosh sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XVI ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bu yil konferensiya Toshkentdagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtiruv bo‘yicha agentligi (TIKA) bilan hamkorlikda  tashkil etildi.

Ushbu anjumanda sharqshunoslikning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 150 ga yaqin magistrantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Anjumanga bu yil 300 ga yaqin tezis kelgan, tahrir hay’ati qaroridan so‘ng 130 ga yaqini konferensiya materiallari to‘plamida chop etildi. Anjumanda 3 ta sho‘ba bo‘yicha: “Manbashunoslik va islomshunoslik”, “Tarix va tarixshunoslik”, “Til va adabiyot”  50 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Har bir sho‘bada “Eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi. Shuningdek, anjuman materiallar to‘plamiga 9 ta xorijiy tadqiqotchilarning tezislari ham kiritilgan. Qirg‘iziston milliy universiteti va Qirg‘iz-turk “Manas” universitetining tadqiqotchilari ham ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!