Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya oʼz ishini boshladi


Bugun, 23-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 65 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʼz ishini boshladi.

 

Konferensiyada nafaqat respublikamiz, balki dunyoning 10 mamlakatidan 195 nafar olimlar offlayn hamda onlayn ishtirok etmoqdalar.

Ushbu konferensiyaning oʼtkazilishi fundamental va amaliy yadro fizikasining hozirgi zamondagi tendensiyalari, yadro energetikasi, yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʼllash, yadroviy tibbiyot sohalaridagi dunyo miqyosida erishilgan yutuqlar bilan keng koʼlamda tanishish imkonini yaratmoqda.

Konferensiya 25-noyabrga qadar davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!