Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xitoy va Oʻzbekiston ilm-fanining hamkorlik aloqalari yangi rivojlanish bosqichida


 

 

 

 

   

 

 

 

Xitoyning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Szyun, Xitoy Fanlar akademiyasi vitse prezidenti prof. Zhang Yaping, Shinjon Ekologiya va geografiya instituti Shinjon boʻlimi direktori professor Zhang Yanming va boshqa mehmonlardan iborat delegatsiyasi Botanika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tomonlar oʻzaro manfaatli ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni rejalashtirish maqsadida ekosistemalarni muhofaza qilish, biologik xilma xillikni saqlash, oʻsimliklarni har tomonlama tadqiq etish masalalarini muhokama qilishdi.

Professor X. Shomurodov “Unique ecosystems and vegetation in Central Asia and Xinjiang” mavzusida, PhD, laboratoriya mudiri Z. Yusupov “Molecular phylogeny, evolutionary, history and taxonomy of key plant groups”, akademik K. Tojibayev esa “Plant Diversity, digitization, conservation, and popularization of scientific achievements”  mavzularidagi  loyihalar taklif etishdi, taqdimotlarida rejalashtirilayotgan loyihalarning amaliy va nazariy asoslariga toʻxtaldi.

Xitoy fanlar akademiyasi Shinjon Ekologiya va geografiya instituti va Botanika instituti oʻrtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilmiy axborot almashishni rivojlantirish, hozirgi kunda dolzarb va amaliy ahamiyati yuqori boʻlgan fundamental va amaliy ilmiy loyihalarni  hamkorlikda bajarishga qaratilgan fikrlarni bildirishdi.

Shuningdek, oʻsimliklar filogeniyasi, evolyutsion tarixi va taksonomiyasi borasidagi tadqiqotlarni, bioklimatologiya va iqlim oʻzgarishining biologik xilma-xillikka ta’sirini baholash boʻyicha tadqiqotlarni hamkorlikda bajarishga kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar Milliy gerbariy fondidagi materiallar, noyob obyektlar bilan tanishishdi.

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!