Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Sohibqiron Amir Temur – temuriylar renessansi bunyodkori


Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi hamkorligida “Sohibqiron Amir Temur – temuriylar renessansi bunyodkori” mavzusida Xalqaro onlayn-ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayzyiev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng davlat va jamoat arboblarining tabrik so‘zlariga navbat berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Xladik, Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmat Holid Elmiy, Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Junusov Ibragim Kodjonazarovich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov hamda t.f.d., prof. Senator, O‘zR FA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo so‘zga chiqdilar.

 

Anjumanda “Ulug‘bek akademiyasi va u erda ijod etgan olimlar faoliyati.” mavzuida  akademik, t.f.d., prof. Dilorom Yusupova; “Amir Temur – buyuk davlat arbobi” mavzuida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali; “Sohibqiron Amir Temur – millat iftixori” mavzuida Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati raisi Ikrom Hoshimjonov; “Amir Temur davrida iqtisodiy masalalar” mavzuida iqtisod.f.d. Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi Samarqand bo‘limi Qo‘ziboy Mamaraimov; “Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma. Muqaddima”sining o‘zbekcha tarjimasi xususida”  t.f.d. Omonullo Bo‘riyev; “Temuriylar renessansi: kitobat va miniatyura san’ati rivoji” mavzusida t.f.d., prof. Abdumajid  Madraimov; “Amir Temur davlati diplomatiyasining “Munshaotlar”dagi in’ikosi” mavzusida Sanjar G‘ulomov, “Temur tuzuklari”  – turkiy davlatchilik tarixidagi bebaho asar” mavzusida fil.f.d., prof. Qudratilla Omonov; “Amir Temur davrida  tantana va marosimlar” mavzusida t.f.d. Ochil Bo‘riyev; “Amir Temur davrida Farg‘ona vodiysi” mavzusida t.f.d. Baxridin Usmonov; “Shahrisabzdagi Oksaroy binosining dastlabki ko‘rinishi loyihasining  animatsion taqdimoti” mavzusida arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nilufar Tuxboyeva; “Temuriylar davri tadqiqotlari: davlatchilik va renessans” mavzusida t.f.n., dotsent Ozoda Rahmatullaeva; “Asqad Muxtorning “Insonga qulluq qiladurman” asarida Amir Temur siymosi” mavzuida t.f.n. Muhayyo Xamroyeva ma’ruza qildilar. Anjuman yakunida ma’ruzalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!