Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Polimer sanoatini rivojlantirish


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida “Oʼzbekneftegaz” АJ rahbar xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kimyo, biologiya, matematika va geologiya sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, olimlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ilm fanning “Oʼzbekneftegaz” АJ korxonalari bilan uygʼunligini taʼminlash boʼyicha yetakchi olimlar, yosh olimlar, mamalakatdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim muassasalari vakillari oldiga qoʼyilgan vazifalar muhokama etildi va Oʼzbekiston Respublikasi polimer sanoatini rivojlantirish, neft va gaz sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash kabi dolzarb masalalar koʼrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti va “Oʼzbekneftgaz” АJ hamkorligida amalga oshiriladigan aniq rejalar belgilab olindi va “Yoʼl xaritasi” loyihasi tayyorlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!