O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari t.f.d., professor R.Suleymanov boshchiligida Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida arxeologik dala tadqiqotlari olib borildi. Dala tadqiqotlari natijasida Ko始hitangtog始 tizmasi hududidan paleolit davriga oid yodgorlik aniqlandi. Ko始hitang tog始ining ichki qismida ko始plab tor daralar mavjud bo始lib, ularda geologik jarayonlar natijasida ko始plab g始or va ungurlar shakllangan. Ularning biridan qadimgi davrda ibtidoiy odam ajdodlari mavsumiy boshpana sifatida foydalangan.
Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan ko始plab tosh uzaklar, ularning parchalari, uchrindi va plastinalar hamda qurollar yig始ib olindi. Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlashtirish uchun 1x2 metr hajmida shurf qazildi. Qazuv ishlari yer sathidan 0,5 metr chuqurlikda qoyatosh yotg始iziqlarida to始xtatildi. Qazuv ishlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekanligi aniqlandi. Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan bo始lib, unda ham ko始plab tosh buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topildi.


Ushbu yodgorlik hududda ilgari topib o始rganilgan Teshik-tosh yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan o始xshashligi bilan ahamiyatlidir. Yodgorlikdan topilgan tosh buyumlar o始rta paleolit davriga tegishli bo始lib, toshga ishlov berish texnikasi va tosh buyumlar madaniy jihatdan aynan Teshik-tosh yodgorligi ana始analarini takrorlaydi.
Hozirda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.