Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekistonlik matematik xalqaro mukofot sovrindori


COMSTECH (Committee on Scientific and Technological Cooperation),   Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ning ilmiy va texnikaviy hamkorlik  qo'mitasi (ITHQ) bo'lib,  1981-yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining Makka shahrida bo'lib o'tgan IHT Uchinchi Islom Sammiti tomonidan tashkil etilgan. 

ITHQ ning asosiy vazifalari IHTga a'zo davlatlar o'rtasida fan va texnologiyalar  bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish va rivojlanayotgan hududlarda ilm-fanni taraqqiy ettirish  imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ilm va ma'rifatni rivojlantirish,  ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvatlash va fan yutuqlaridan jadal sanoatlashtirishda foydalanishdan iborat.

ITHQ ning ijroiya qo'mitasi 1996-yildagi 15-yig'ilishida IHTga a'zo davlatlarda ishlaydigan olimlar tomonidan olib borilgan muxim-olamshumul ilmiy ishlarni taqdirlash uchun (ikki yilda bir beriladigan) nufuzli mukofotlarni ta'sis etishga qaror qildi. To'rtta mukofot turi tasdiqlangan: “Eng yaxshi yosh tadqiqotchi”; “Eng yaxshi ilmiy kitob”; “Patent uchun”; “Eng yaxshi ilmiy maqola” mukofotilari. 

Har bir mukofot sertifikat, faxriy nishon va pul mukofotdan iborat.

ITHP xalqaro ekspertlari hay'atining 24-sentyabr 2020 qaroriga binoan, 2019-yil uchun matematika sohasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” mukofoti O’zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilm-fan bo'yicha direktor o'rinbosari, professor Rozikov Utkir Abdulloyevichga [Rozikov U.A. Tree-hierarchy of DNA and distribution of Holliday junctions. Jour. Math. Biology, 2017. V.75, No.6, p.1715-1733] maqolasi uchun berildi.

Bu xalqaro mukofot O'zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti va barcha matematiklarimiz uchun katta faxrdir.

Eslatib o’tamiz, U.A.Rozikov shu paytga qadar 2003-yilda “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni, “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi”, 2017-yilda O'zbekiston Respublikasining 1-darajali Davlat mukofoti hamda “Springer Nature Top Author” xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. 2018-yildan Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS)  akademigi hisoblanadi.

Professor Utkir Rozikovni ushbu mukofot bilan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ishlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!