Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston va Pokiston ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Pokiston Islom Respublikasi Peshovor universiteti qoshidagi geologiya markazi professori Muhammad Kasim Jan tashrif buyurdi. Mehmonni OʼzR FА prezidenti B.Yuldashev kutib oldi. Uchrashuvda FА bosh ilmiy kotibi Gʼ.Baxadirov, Navoiy boʼlimi raisi А.Mirzayev, Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti direktori Sh.Sagdullayev va Fizika-texnika instituti direktori X.Olimovlar ishtirok etdi.

 

Dastlab FА prezidenti B.Yuldashev FА faoliyati, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ularning yoʼnalishlari, soʼnggi yillarda erishilgan ilmiy yutuqlar haqida qisqacha maʼlumot berdi. Soʼngra professor Muhammad Kasim Jan Pokiston Islom Respublikasi Peshovor universiteti qoshidagi geologiya markazi faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi va kelgusida har ikki davlat uchun manfaatli boʼlgan hamkorlik yoʼnalishlari va ularni kengaytirish boʼyicha rejalar belgilab olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!