Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbek olimlari CITES xalqaro seminarida ishtirok etdi


Joriy yilning sentabr oyida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Seminar on CITES Implementation and Wildlife Conservation for Devoleping Countries” mavzusidagi xalqaro seminarda O‘zR FA Botanika instituti yetakchi ilmiy xodimi Farhod Karimov va O‘zbekiston Florasi laboratoriyasi mudiri Orzimat Turginovlar ishtirok etishdi.

  

Mazkur seminarning asosiy maqsadi CITES xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lgan, rivojlanib kelayotgan davlatlarning flora va faunasida yo‘qolib ketayotgan turlarning xalqaro savdosi to‘g‘risida konventsiyasi (CITES) va ularning barqaror rivojlanish masalalari ko‘rib chiqish, shu bilan birga yovvoyi tabiatni muhofaza qilish, savdo sotiq masalalari, CITES ro‘yxatiga kirgan hayvonlarning yangi ilovalari, har bir hayvon va o‘simlik turining foydali xususiyatlari (dorivor, manzarali, estetik va boshq.), qolaversa, ro‘yxatga kiritilgan turlar ustida doimiy nazoratni ushlab turish, ularni muhofaza qilish, populyatsiyasi ustida doimiy manitoring o‘tkazish borasida fikr almashishdir. U yerda yovvoyi tabiatga bo‘lgan munosabat, flora va faunasida yo‘qolib ketayotgan turlarni asrash bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar olindi.

   

Ma’lumot o’rnida, CITES (angl. Convention on International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora, CITES) - yovvoyi fauna va floraning yo'qolib ketish xavfi mavjud bo'lgan turlari bilan xalqaro savdo to'g'risidagi Konvensiya. 1973-yilda Vashingtonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) rezolyutsiyasi natijasida imzolangan xalqaro hukumat shartnomasi hisoblanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!