Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Navoiy va Bobur siymosi – yosh sanʼatshunoslar nigohida


 Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida oʼzbek adabiyotining ulugʼ namoyandalari – Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Fevral oʼqishlari: Navoiy va Bobur siymosi yosh sanʼatshunoslar nigohida” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

  

Unda Institutning yosh tadqiqotchilari tasviriy sanʼat, teatr, kino, musiqa kabi madaniy jabhalarda Navoiy va Bobur ijodiy merosining talqin qilinishi, bu ikki shaxs obrazini sanʼat asarlarida yaratishning oʼziga xos jihatlari va muammolari xususida ilmiy maʼruzalar qilishdi. Tadbir oʼziga xos mahorat darsiga aylandi, ustoz sanʼatshunoslar tomonidan bildirilgan fikrlar yosh sanʼatshunoslar uchun qimmatli boʼldi.

  

 Davra-suhbati yakunida Navoiy va Bobur ijodi asosida yangi sanʼat asarlari yaratish boʼyicha zarur taklif-mulohazalar bildirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!