Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimiz mukofotlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi  munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, fan-ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy  sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh vatandoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishdi. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida fidokorona faoliyat olib borayotganlar ham bor:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Karimova Surayo Ubaydullaevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Anarbaev Abdulxamidjon - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutining Toshkent bo‘limi boshlig‘i

Buriev Amanulla - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i

Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori

Tojibaev Komil Sharobitdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

Xidirov Irsali - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri

Alniyazov Aytmurat Ismailovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Xalmurzaeva Atirgul Isakovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i mutaxassisi

Eshonkulov Joppor Salievich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi direktori

“Shuhrat” medali bilan

Maksudov Farxod Alijonovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti direktori

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni chin yurakdan qutlaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!