Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matematika yoʼnalishida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun akademik Toshmuhammad Аliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4708-sonli Qarori ijrosi yuzasidan O’zR FA Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash Jamgʼarmasi tomonidan matematika yoʼnalishida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun akademik Toshmuhammad Аliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etilganligini maʼlum qilamiz. Аkademik T.А.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi (stipendiya miqdori) 2020-2021-oʼquv yili uchun 5 nafar bakalavriat (10 oy muddatga har oyda 750 ming soʼmdan), 5 nafar magistrant (10 oy muddatga har oyda 1 mln. soʼmdan) va 2021-yil uchun 5 nafar tayanch doktorant (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. soʼmdan) uchun belgilandi.

Stipendiya shartlari bilan quyidagi Nizom orqali tanishish mumkin: Yuklab olish(.pdf, 223 kb)

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!