Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmdan baxt yaratgan olimalar


Ayol buyuk xilqat, buyuk mo’jiza… Oila, farzandlar bilan ilm va ijod qilish ayol zotidan buyuk jasoratni talab etadi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan, 40 yildan ortiq vaqt davomida Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritgan 80 dan ortiq fidoyi olimalarni e’tirof etish, ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Fanlar aklademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi “Oqila ayollar harakati” hamkorligida  “Kasbim-hayotim mazmuni” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga uzoq yilladan buyon Fanlar akademiyasi, ilm-fan rivoji uchun xizmat qilgan ayollar taklif etilib, Fanlar akademiyasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar o‘zbek olimalarini 80 yil ichida erishgan yutuqlari, fanga qo‘shgan buyuk hissalarini alohida ta’kidlashdi.Tadbir davomida olimalarga bag’ishlangan rolik namoyish etildi. Tadbirda ishtirok etayotgan nuroniy bo‘lgan, nurli olima ayollarimiz yuzidagi quvonch, hayotga mehrni ko‘rib, “ayol zotini baxtli qilmoq uchun ko‘p narsa shart emas” deyishlari rost ekanligiga yana bir-bor amin bo‘ldik. Nozik jussalarida onalik, ayollik, olimlik yukini ko‘tarib, ilmli, yurt koriga yaraydigan farzandlar ulg‘aytirib, butun umri davomida ilimning zalvorli yo‘lida ham o‘z  o‘rnini topgan bu mo‘tabar ayollar har qanday e’zoz va ehtiromga munosib! Umringiz uzun bo‘lsin jonkuyar, qadrli olimalarimiz!

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!