馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan COVID-2019 RNKsini ajratish diagnostik to始plami ishlab chiqildi


Bugungi kunda dunyo miqyosida COVID-19 bilan kasallanganlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Jahon sog始liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan COVID-19 ni diagnostika qilish uchun PSR usuli standart sifatida taklif qilingan. Ma始lumki, PSR diagnostika tahlilini amalga oshirish uchun dastlab COVID-19 koronavirus RNK sini ajratib olish talab etiladi. Joriy yil 15-mart kuni ilk bor O始zbekiston hududida SARS-CoV-2 virusi aniqlangandan so始ng, O始zR F袗 O始simlik moddalari kimyosi instituti xodimlari ham COVID-2019 RNK sini ajratishga mo始ljallangan diagnostik to始plam ishlab chiqish ustida tadqiqotlarini boshladi va qisqa vaqt oralig始ida ushbu to始plamlar ishlab chiqildi.

Ushbu diagnostik to始plamning klinik sinovlari O始zbekiston Respublikasi Sog始liqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida o始tkazildi va ijobiy natijalarni ko始rsatdi. SARS-CoV-2 virusi RNK sini ajratishga mo始ljallab ishlab chiqilgan ushbu to始plam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, o始ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30% ga arzonroq) kabi ustunliklarga ega. Ushbu to始plam O始zbekiston Respublikasi Sog始liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” DUK tashkilotida “ENKOR” nomi bilan ro始yxatdan o始tkazildi va seriyali ishlab chiqarish uchun ruxsat berildi. Bundan tashqari, ushbu to始plam yordamida gepatit V, gepatit C, odam immun tanqisligi virusi (VICh) RNK/DNKsini ajratish mumkin.

Ishlab chiqilgan diagnostik to始plamlar mamlakatimizga xorijdan keltiriladigan narxdagi to始plamlarning o始rnini bosishga imkoniyat yaratadi. Institut yuqorida keltirilgan to始plamlarni O始zbekiston Respublikasi Sog始liqni saqlash vazirligi tomonidan talab bo始lsa, kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!