馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Cho始kichlab ishlangan bir o始rkachli tuya tasviri


O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazining bir guruh ilmiy xodimlaridan iborat ekspeditsiya Surxondaryo viloyati Sherobod tumani G始oz va Qattiq-Qamish qishloqlari atrofidagi Oqtosh tog始larida arxeologik qidiruv-qazuv ishlarini olib bordilar.

Ekspeditsiya chog’ida 1970-yillarda O始.I. Islomov tomonidan o始rganilgan Qattiq-Qamish 1,2 va G始oz 1 toshga ishlov berish ustaxonalari hududlarida tadqiqotlar o始tkazildi. O始.I.Islomov o始z vaqtida ta始kidlagan kremniylashgan slanets konlari aniqlandi. Biroq o始tgan yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida hududlardagi ishlov berilgan tosh buyumlar tabiiy ta始sirlar natijasida aniqlab bo’lmaydigan darajada deflyatsion o始zgarishlarga uchragan, shuning uchun ekspeditsiya belgilangan hududlarda arxeologik tadqiqotlar o始tkazishni maqsadga muvofiq emas topdi.

So始ngra ekspeditsiya G始oz qishlog始i atrofidagi Oqtosh tog始i hududida qidiruv ishlarini davom ettirdi. Natijada hududdan bir dona cho始kichlab ishlangan dromedar tuyasining tasviri topildi. Suratning hajmi 75x90 sm. Surat tekis yuzali ohaktosh qoyaga tushirilgan va quyoshda kuygan mog始or bilan qoplangan. Hajmiga ko始ra rasmda yosh tuya (bo始taloq) aks ettirilgan.

 

Shuningdek, ekspeditsiya ushbu hudud bo始yicha etnografik va geografik tushunchalarini oshirish maqsadida mahalliy aholi orasida surishtiruv ishlarini olib bordi. Natijada hududdagi tosh konlarining joylashgan o始rni, qoyatosh rasmlardan tashqari mahalliy aholi vakillaridan birining xonadonida qadimgi otning bosh chanog始i to始liq saqlanayotganligi haqida xabar topdi va uni borib ko始rdi. Ushbu otning bosh chanog始i saqlanish darajasi va qadimgi tuproq yotqiziqlaridan topilganligiga ko始ra bir necha million yillar oldingi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Ushbu topilma paleoantologiya sohasi mutaxassislari orasida katta ilmiy qiziqish uyg始otishi mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!