Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Changʻandan Vandugacha: Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma ekspeditsiyasining qazishma ishlari natijalari” nomli koʻrgazma


2019-yil 22-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasi bilan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o`rtasida 2018-yilda imzolangan Anglashuv memorandumiga asosan “Changʻandan Vandugacha: Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma ekspeditsiyasining qazishma ishlari natijalari” nomli koʻrgazma ochildi.

Mazkur koʻrgazmada Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi Mingtepa yodgorligida olib borilgan qazishma ishlarining ilmiy natijalari oʻz aksini topgan.

  

  

Qazishma ishlari, Mingtepada oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar Andijonning Davan podsholigi davridagi tarixi va madaniyatini oʻrganishda yangi maʼlumotlar berdi. Shahar toʻgʻriburchak rejali burjlar bilan taʼminlangan ikki qator kuchli devorlar himoyasida boʻlgan. Arkda 5 metrli tagkursi qurilgan va uning ustida mahobatli bino qurilgan boʻlishi kerak. Bu maʼlumotlar juda muhim ahamiyatga ega, chunki koʻp tadqiqotchilar Mingtepani qadimgi Andijon davlatining poytaxti deb hisoblaydilar.

Shu munosabat bilan mazkur koʻrgazma barcha yurtdoshlarimizni, maktab oʻquvchilari, talabalar, magistrlar ayniqsa muzeyshunoslik, tarix, arxeologiya, etnografiya va sanʼatshunoslik kabi turli yoʻnalishlarda izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar, ilmiy xodimlar, mutaxassislarning faol ishtirok etishini nazarda tutadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!