Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Biz siz bilan birgamiz!” Fanlar akademiyasining Sirdaryoga "Saxovat karvoni"


Аzaldan xalqimiz “Bir mayizni qirq boʼlib yegan” va ne ne ogʼir damlarni birdamlikda yengib oʼtgan. Аyni damlarda xalqimiz boshiga tushayotgan jiddiy sinovli kunlar bizni yanada birdamlikka, hamjihatlikka undamoqda va bir maqsad yoʼlida birlashtirmoqda.

Yaqindagina Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham mehnatkash, qalbi daryo xalqimizni yanada jipslashlashtirdi. Ushbu kutilmaganda roʼy bergan baxtsiz hodisa sababli jabr koʼrgan vatandoshlarimizga yordam berish va qoʼllab-quvvatlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, xodimlari, olimlar “Biz siz bilan birgamiz” aksiyasi doirasida insonparvarlik yordami sifatida kundalik hayotda ishlatiladigan uy-roʼzgʼor buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, bolalar uchun turli xil oʼyinchoqlar, kitoblarni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, Xalqabod mahallasiga (ushbu mahallaga 2000 ortiq aholi evakuatsiya qilingan) yetkazib berdi. Hozirda FА tizimida xayriya sifatida 110 mln.soʼmdan oshiq mablagʼ toʼplandi va marafon davom etmoqda. Xayriya marafonida maxsus tashkil qilingan telegram tarmogʼidan turib mingdan ortiq FА xodimlari ishtirok etishmoqda.

    

Bugun “El boshiga ish tushsa” deb bir yoqadan bosh chiqargan xalqimiz bu sinovlarni albatta yengib oʼtadi! “Biz birgamiz, birga yengamiz!”.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!