Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnali


“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnalning ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Ilmiy jurnal 2006-yildan nashr qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborot agentligi tomonidan 2013-yil 29-noyabrda ro‘yxatga olingan (sertifikat №13-040 va №230265-10) (ISSN 2091-573X).

“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnali respublika miqyosidagi jurnal hisoblanib, O‘zbekiston va yaqin horijlik olimlardan mualliflik jamoasiga ega.

Ilmiy jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ilm-fanning turli sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlarga ega yirik ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini nashr qilish va omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Beshta mutaxassislik: biologiya, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, filologiya va tarix O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yxatiga kiritilgan

Jurnal uch tilda chop qilinadi: o‘zbek, rus va ingliz.

Jurnalning maqsadi va vazifalari. Ilmiyxodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish va omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik. Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Tarqalish hududlari – o‘zbek va rus va ingliz tillaridagi ilmiy maqolalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida, shuningdek, “Kaleon” kompaniyasi orqali butun dunyoga tarqatiladi.

Moliyalashtirish manbasi –respublika miqyosida obuna bo‘lish hamda mualliflar maqolalarini nashr qilish badallari hisobiga.

Bosh muharrir

Abdullayev Ikram Iskandarovich

Tug‘ilgan yili: 24dekabr 1966yil.

Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati

Ixtisosligi : zoologiya

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Vitse-prezidenti

( 2017y. –  hozirgi vaqtgacha )

Biologiya fanlari doktori, dotsent

Zoologiya sohasi (yo‘nalishi) bo‘yicha yirik olim.

1991-yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘bekiston  Milliy universiteti) tugatgan.

Urganch Davlat universitetida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi – Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda  

60 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek 2 ta ixtiro muallifi.

«O‘zbekiston Respublikasining 20-yillik esdalik ko‘krak nishoni” bilan taqdirlangan.

Manzil:

200900, O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Xiva shahri, Markaz 1

Telefon:

(+998-62) 375-51-43

Faks:

(+998-62) 375-51-43

E-mail:

mamun-аxborotnoma@academy.uz, xma_axborotnomasi@mail.ru

Sayt:

http://mamun.uz/uz/page/27


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!