Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

«Seysmologiya muammolari» jurnali


«Seysmologiya muammolari» jurnali

«Seysmologiya muammolari» O‘zbekiston jurnalining ta’sis etuvchisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. O`zbekiston respublikasi Matbuot va axborot agentligida 08.04.2019 yil 1013 raqami bilan ro`yxatdan o`tgan (ISSN 2181-9866)

Jurnalda seysmologiyaga aloqador geofizikaning barcha yo‘nalishlarida: seysmik xavfni baholash va seysmik rayonlashtirish, zilzilalarni oldindan prognozlash, texnogen seysmiklik, seysmotektonika va geodinamika, muxandislik seysmologiyasi, seysmik monitoring va ularga tegishli geografik axborot tizimlari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy maqolalar nashr etiladi.

Nashr tili. O‘zbek, Rus va Ingliz tillari.

Jurnalning maqsadiseysmologiya muammolari boyicha Ozbekiston Respublikasida, hamdostlik mamlakatlarida va boshqa mamlakatlarda seysmologiya muammolari boyicha olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot natijalari, Oliy oquv yurt va unidan keyingi talim davrida taqiqodchilar olayotgan eng muhim natijalari, mustaqil tadqiqodchilar olgan yangi, oxirgi ilmiy natijalarini fundamental ilmiy maqolalar shaklida nashr etishdan iborat.

Asosiy vazifasi: Jurnal vazifalari uning sahifalarida seysmologiya muammolariga tegishli ilmiy maqolalarni nashr etish, ilmiy tadqiqot ishlarini mukammalashtirish, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini tegishli yo‘nalish bo‘yicha yanada takomillashtirishga oid ilmiy maqolalarni nashr etish, hamda tegishli me‘yoriy hujjatlar, ya‘ni qonunlar, farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, buyruqlar nizomlar, yo‘riqnomlar va boshqa shunga o‘xshash materillarga sharhlar berib borish. Ilmiy tadqiqotlar sohasida seysmologiya muammolariga tegishli xalqaro hamkorlik, xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan ma‘lumotlarni yoritish.

Ixtisosligi. seysmologiya, geologiya, matematika, mexanika, axborot texnologiyalari, texnika kabi aniq va tabiiy fanlarni seysmologiya muammolariga tegishli dolzarb ilmiy va amaliy masalalarini yoritish;

Jurnalning o‘ziga xosligi. O‘zbekiston Respublikasida seysmologiya muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy yangiliklarni davr talabi asosida izchil yoritish, shu sohaga doir yangi chiqqan qonun, farmon va qarorlar mohiyatiini hamda ularning ijrosini joylardagi kamchilik va nuqsonlarning bartaraf etilishiga matbuot chiqishlari orqali ko‘maklashadi.

Zilzilalar va ularning hatarli oqibatlarini pasaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan muassasalar va Oliy va o‘rta maxsus kasb hunar ta‘limi xodimlarining ijodkorlik yutuqlarini, bu sohaga yosh malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta‘lim tarbiya berishning yangi shakl va uslublarni targ‘ib qilish va eng yaxshilarini ommalashtirishga va shu yo‘sinda “Ta‘lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlarini ijrosini ta`minlashga hizmat qiladi.  Jurnal sahifalarida seysmologiya muammolari bo‘yicha Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini yanada takomillashtirishga oid me‘yoriy hujjatlarni, ya‘ni qonunlar, farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, buyruqlar nizomlar, yo‘riqnomlar va boshqa shunga o‘xshash materiallarga sharhlar berib borish; ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlik, xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan ma’lumotlarni yoritish nazarda tutilgan. Shuningdek tayanch doktoranturada, Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizmidagi magistraturada tahsil olayotgan talabalarning seysmologiya muammolari bo’yicha qiziqishlari ilmiy tadqiqot va ta’limga oid materillarini, hamda ijtimoiy sohada faol yutuqlarga erishgan olimlar va talabalar to’g’risida ma’lumotlar jurnal sahifalarida berib boradi. Jumladan, ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoki o’quvchi talabalarning seysmologiya muammolari bo’yicha yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlarga fiklarini bayon etib, aynan ana shu maqsad va vazifalarni ijro etish orqali O’zbekistonda seysmik havsizlikni ta’minlash bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda olingan yangiliklarni ommaga yetkazishda ilmiy tadqiqot muassalari va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimidagi ilmiy xodimlarning matbuoti bo’lishiga erishishni ko’zda tutadi.

Ixtisoslashuvi: ilmiy, ilmiy-texnik

Tarqatish hududi: O’zbekiston Respublikasi, Hamdo’stlik mamlakatlari bo’yicha.

Mablag‘ bilan ta’minlaganishi: – Muassis tomonidan ajratiladigan mol-mulklar va mablag’lar; tahririyat faoliyatidan topilgan mol-mulklar va pul mablag’lari; imtiyozlar va afzalliklar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Bosh muharrir

Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich

Tug‘ulgan yili: 1942 yil 25 dekabr,

Tug‘ulgan joyi: Toshkent shahri,

Ilmiy yo‘nalishi: Geofizika. Foydali qazilma konlarini qidirishning geofizik usullari.

Abdullabekov K.N. Toshkentda tug'ilgan. 1963 yilda Toshkent politexnika instituti (hozirgi ToshDTU) Geologiya-qidiruv fakultetini “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari” ixtisisligi bo'yicha tugatgan. 1963-1965 yillarda "Kazgeofiztrest"ning Turlan geofizik ekspeditsiyasi Gravimetrik partiyasida muhandis-operator lavozimida ishlagan. 1965 yil mayidan 1966 yil mayigacha “IGIRNIGM” ning Fizika-kimyo laboratoriyasida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlagan va Xojeyli ekspeditsiyasida Barsakelmes maydonida neft va gazni to'g'ridan-to'g'ri qidirish uchun avtomobil gamma s’emkasi, spektral tahlil uchun kern materiallarini tanlash bilan shug'ullangan., U yangi olingan URS-50 M rentgen strukturaviy tahlil uskunasini o'rnatgan. 1966 yil mayidan 1966 yil dekabrgacha Toshkentoldi geofizik ekspeditsiyasining Gravimetrik partiyasida ishladi.1966 yil dekabridan 1967 yil dekabrigacha. harbiy xizmatda bolgan.1968 yil yanvarida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga ishga qabul qilindi. 1968 yil yanvardan 1968 yil avgustigacha va 1971 yil oktyabrdan 1973 yilning dekabrigacha kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1968 yil sentyabridan 1971 yil sentyabrgacha aspiranturaga kirdi va Yer magnetizmi, Ionosfera va Radio to'lqinlarni tarqalishi institutiga (Moskva) safarbar etildi. 1974 yil yanvaridan 1976 yil dekabrigacha - katta ilmiy xodim sifatida, 1977 yil sentyabrdan 1989 yil fevralgacha laboratoriya mudiri va 1989 yil fevral oyidan. 2009 yil dekabr oyiga qadar - Seysmologiya instituti direktori lavozimlarida ishladi. 2009 yil dekabr oyidan hozirgi kungacha laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlamoqda.1972 yilda Moskva shahrida Yer fizikasi institutida “Seysmik faol rayonlar yer qobig'idagi elastik kuchlanishlar bilan bog'liq geomagnit maydon o'zgarishlarni o'rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1988 yilda Yer fizikasi institutida (Moskva) "O'zbekiston yer qobig’ida seysmotektonik jarayonlar bilan bog'liq elektromagnit hodisalar" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qildi. 1994 yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir-a’zosi, 2000 yilda akademiki etib saylandi.Uning tadqiqotlari elektromagnit darakchilarni namoyon bo’lish qonuniyatlarini aniqlashga, zilzilalarni prognoz qilish usullarini ishlab chiqish, zilzilalarni tayyorlanish jarayonlarini geofizik modelini ishlab chiqish, seysmik xavfn va seysmik riskni baholash, tabiiy ofatlar zararini kamaytirish, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlashga yo’naltirilgan. Abdullabekov K.N. rahbarligida zilzila darakchilarini kuzatishning noyob tizimi yaratildi, geoelektrik maydonlarnir keng ko'lamli eksperimental va instrumental tadqiqotlarining asoschisi bo'ldi, O'zbekiston hududining umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasining (USR-2011) mualliflaridan biridir. U jahon ilmiy jamiyati tomonidan keng tan olingan geoelektromagnit tadqiqotlar bo'yicha ilmiy maktab yaratdi. U yosh mutaxassislarni tayyorlashga juda ko'p vaqt va e'tibor ajratadi. 1991 yildan 2010 yilgacha o’rindoshlik asosida Toshkent davlat texnika universitetining Geologiya va konchilik ishi fakulteti "Gidrogeologiya va geofizika" kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Uning Ilmiy rahbarligida 7 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Turli ilmiy jamoalar faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Bir necha yillar davomida Osiyo seysmik guruhining a'zosi, Favqulodda vaziyatlar bo'yicha Hukumatlararo kengashning ilmiy kengashi raisining o'rinbosari, 1990-2009 yillarda Geofizika sohasida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo'yicha Ixtisislashgan kengash raisi, O'zbekiston FVV qoshidagi Ilmiy-texnik kengash a'zosi va boshqalar.300 dan ortiq asarlar muallifi, jumladan 7 monografiya, ulardan 2 tasi Xitoy (1990) va Gollandiyada (1991 yil) xitoy va ingliz tillarida chop etilgan, 10 ta mualliflik guvohnomalari va ixtirolarga patentlar, 3 ta darslik.

Manzil:

100128 Toshkent, Zulfiyahonimon ko'chasi 3

Telefon:

+998 71 241-51-70

Faks:

+998 71 241-74-98

E-mail:

seismologiya@mail.ru

Sayt:

http://www.seismos.uz 

 

Maqolalarni qabul qilish qoidalari

1. Maqola xajmi rasm, jadvallar va adabiyotlar ro’yhati bilan 15 betdan oshmasligi kerak, aks holda muallifga maqolani qisqartirish uchun qaytarib beriladi.

2. Maqola annotatsiya, tayanch so’zlar, kirish, asosiy qism, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar bo’limlaridan iborat bo’ladi.

3. Barcha hollarda: maqola va mualliflar nomi o’zbek, ingliz va rus tillarida qisqa annotatsiya 0,5 betdan oshmagan “Times New Roman” da shrift 10 va oraliq intervali 1da keltirilishi shart.

4. Tyanch so’zlar 5 tadan kam va 15 tadan ko’p bo’lmasligi kerak.

5. Kirish qismida ko’rilayotgan muammoning zarurati va dolzarbligi, hamda uning seysmologiya muammolarini hal qilishdagi ahamiyati yoritilishi kerak.

6. Аsosiy qismda: maqolada ko’rilayotgan masalaning ushbu tadqiqotlarga olib kelgan tarixiy xolati tahlili; hal qilingan masalaning qo’yilishi; tadqiqotda ishlatilgan usullar; olib borilgan ishlar tahlili; olingan natijalar muxokamasi va tahlilidan iborat bo’lishi kerak. Ushbu qismlarning ba’zilari muallif (lar) tomonidan birlashtirilishi yoki qo’shimcha bo’limlar bilan to’ldirilishi mumkin.

7. Bitta muallifdan shaxsan bitta va yana hammualliflikda 1 ta maqola qabul qilinadi.

 8. Maqolalar 2 nusxada qog’ozda va elektron varianti bilan mas’ul kotibga topshiriladi (elektron varianti Word-2003 yoki Word keygingi versiyalarida .rtf formatda saqlangan bo’lishi shart). Elektron versiyalar fayli birinchi mualllif familiyasi va ismi bilan nomlanadi (masalan АbdullaevErkin.rtf). Maqola matni “Times New Roman” da (yoki “Times New Roma uz” da), oddiy shaklda, shirft 12, interval 1,5 (indeks va boshqa qo’shimchalar shirft 10 da), abzats chegaralari 1,25, varaq chegaralari barcha tarafdan 2 sm bo’lib, alьbomli sahifalar matn bo’yicha ko’ndalang qo’yilgan, hamda butun matn sahifalanmagan bo’lishi kerak; Sahifalarda qo’shimcha snoskalar qo’yilmaydi.

9. Rasmlar “Grafik redaktor Paint” da yoki boshqa redaktorda “JPEG” formatida tayyorlanadi. Rasmlar alohida fayllarda 300 pks kam bo’lmagan kattalikda maqola fayli nomi yonida rasm № ko’rsatilib topshiriladi (masalan АbdullaevErkinRasm1.rtf). Rasmlar rangli bo’lsa qora-oq shaklga o’tganda ichki ma’nosi o’zgarmaydigan qilib, yuqoridagi sahifa chegaralariga rioya qilgan holda tayyorlanishi kerak. Rasmlarni matn ichiga montaj qilishda matnda kelgan joyida yangi abzatsdan qo’yilsin. Foto-rasmlar rangli bo’lsa qora-oq shaklga o’tkazsa ma’nosi va ko’rinishi buzilmaydigan qilib yuqoridagi shartlarda tayyorlanilishi kerak.

10. Xaritalar legendasi xarita bilan ketma-ket berilsin. Xar bir rasmda rasm osti matni bo’lishi kerak. Rasm, xarita va fotolardagi shartli belgilar nomerlanib rasm osti matnlari ustida beriladi.

11. Jadvallarning tashqi umumiy strukturasi yuqorida ko’rsatilgan varaq chegaralaridan chiqib ketmay “Excel” yoki matn tayyorlangan kompьyuter muhitida bo’lishi mumkin (shirft 10 dan 12 gacha).

12. Аdabiyotlar maqola matnida kelish tartibi Davlat standartida berilsin. Maqolalarga havolalar matnda raqamli to’rtburchak qavslarda, matn davomida manbalarga havola tartibida keltiriladi.

13. Maqolalar redaktsiya tomonidan tahrirlash uchun qayta ko’rib chiqishga muallif(lar)ga qaytarilish mumkin. Bu holda maqola qabul qilingan vaqt uning oxirgi varianti redaktsiyaga tushgan kundan hisoblanadi.

14. Tahririyat maqolani nashr etish yoki nashr qilmaslik masalasini jurnal Nizomida belgilangan normalarga asoslanib hal qiladi. Tahririyat maqola nashr qilinmaslik sababalari bo’yicha muallif (yoki mualliflar) hamda uchinchi shaxslar bilan muxokamaga kirishmaydi.

 

Намуна

 

Матн шакли:

УДК 514.12

ШАРҚИЙ ЎЗБЕКИСТОН ЕР САТҲИНИНГ ВУЖУДГА КЕЛИШ ҚОНУНИЯТЛАРИ ВА СЕЙСМОГЕОЛОГИЯ МУАММОЛАРИНИ ЕЧИШДАГИ АҲАМИЯТИ

 

Хусанов М.С.1, Султонов Б.С.2

1ЎзР ФА Сейсмология институти, Тошкент ш. ,Ўзбекистон Республикаси,legyss@mail.ru

2Тошкент архитектура-қурилиш институти, Тошкент ш. ,Ўзбекистон Республикаси, hdaser@inbox.uz

 

Аннотацияда: муаллифлар, мақола номи, қисқа шаклдаги мақола мазмуни, мақсад, қўлланилган услублар, олинган янги натижа, қўлланилиш йўналиши ва соҳалари ҳақида гап кетиши лозим.

Таянч сўзлар: .....,

Асосий мақола матни шу абзацдан бошланиб, унда ушбу илмий-амалий изланишларнинг зарурияти, мақсади, қўлланилган усул ва услублари, олинган амалий ва фундаментал натижалари, қўлланиш соҳалари кенг ва аниқ кўрсатилган бўлиб, илмий изланишлар қайси контракт (шифри, Давлат дастури) доирасида бажарилгани мақолада келтирилиши шарт. Патентланган натижалар алоҳида кўрсатилиши мақсадга мувофиқ.

Адабиёт

1. Гвоздьев А.Г., Ефремов О.А., Данилчук М.Т. и др. О физических процессах в диэлектриках// Известия РАН, сер.физ.-тех.наук.- Москва,2003.- №10.-С.12-43.

2. Томпсон Р. Дифференциальные игры. - М: Мир- 1989.- т.2.- 347 с.

3. Ракилова А.П. О способе приблизительного решения некоторых сингулярных уравнений// Методы решения сингулярных уравнений - М: Наука.- 1976.- С. 185-192.

    Arxiv


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!