Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekiston tarixi” jurnali


“O‘zbekiston tarixi” jurnali 1998 yildan boshlab Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan bir yilda 4 marta nashr qilib kelinmoqda. Jurnal O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 0051-guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan.

Jurnalning ixtisoslashuvi: ilmiy-amaliy;

Nashrning tili: maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi;

Hajmi: 5,5 nashr tobog’ida - 100 sahifada.

Tarqatiladigan hududi: Jahon ilmiy markazlari, Markaziy Osiyo Respublikalari, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari.

Jurnalda:

- O'zbekiston tarixi bo'yicha tadqiqotlarning eng yangi natijalarini mujassamlashtirgan, jahon tarix fani nazariyasi va metodologiyasiga asoslangan maqolalar chop etiladi.

- tarix va yondosh gumanitar fanlarda erishilgan eng yangi ilmiy natijalar, kashfiyotlar haqida axborot beriladi;

- jahon tarixi va tarixshunosligi fanida kechayotgan jarayonlarni yorituvchi maqolalarni chop etiladi;

- tarixiy ta'lim rivoji masalasiga bag’ishlangan maqolalar chop etiladi;

- tarix fani sohasidagi ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar,  yangiliklardan ilmiy jamoatchilikni muntazam xabardor qilib boriladi.

Moddiy ta'minoti – Respublikadagi obuna va Tarix instituti mablag’idan amalga oshiriladi.

Bosh muharrir

Azamat Hamid o‘g‘li Ziyo

Tarix fanlari doktori, akademik

O‘zR FA Tarix instituti direktori

e-mail: 

Ma’lumoti: Toshkent davlat universitetining (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet) Sharq tillari fakulteti, Eron bo‘limini tamomlagan (1985).

Ilmiy darajasi: Tarix fanlari nomzodi (1990), Tarix fanlari doktori (1999), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2023)

Ilmiy yo‘nalishi: o‘zbek davlatchiligi tarixi, Amir Temur va temuriylar davri tarixi, temuriylar va boburiylar davri Hindiston tarixnavisligi. Ilmiy tahririyatchiligi: “O‘zbekiston tarixi”, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” (O‘zbekiston), “Tafakkuri ta’rix”, “Anvori ilm”, “Payomi donishkada” (Tojikiston) jurnallari tahrir hay’ati a’zosi.;

Xalqaro (elllararo) faoliyati: Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Italiya va Belgiyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilgan

Manzil:

100080, O'zbekiston Toshkent, Shahrisabz 5-tor ko'chasi

Telefon:

(+998-71) 233-61-92

E-mail:

uzbekistontarixi.jurnal@mail.ru

“O‘zbekiston tarixi” jurnalida chop etiladigan ishlarning mazmuni, tili, tuzilishiga oid talablar

O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixining har qanday masalalasi va bosqichiga bag‘ishlangan, ilmiy yangilik bo‘lgan, foydalanilgan birlamchi manbalari va ilmiy adabiyotlari aniq ko‘rsatilgan, bosh g‘oyasi (mazmuni) ilgari e’lon qilinmagan ishlar (maqolalar, axborotlar, kirish so‘zi bilan hujjatlar) qabul qilinadi.

Ish Tarix instituti mas’ul xodimi Saodat Nazarova tomonidan hisobga olinadi va jurnal bosh muharririga kiritiladi. Bosh muharrir ishni taqriz uyushtirish uchun mas’ul kotib Muxtor Shamsievga topshiradi. Odatda tahrir a’zolari orasidan belgilanadigan taqrizchi besh kun ichida o‘zining asoslangan xulosasini taqdim qilishi shart. Xulosaga ko‘ra ish chop etishga qabul qilinishi, qayta ishlashga berilishi, butunlay qaytarilishi mumkin.

Texnik talablar

Harflar turi Times New Roman, kattaligi 14 kegel bo'lishi talab etiladi. Qatorlar o'rtasidagi oraliq oldin - 0 va keyin - 0 intervalni tashkil etadi. Satrlar boshi chapdan - 0 va o‘ngdan 0 sm bo'lishi belgilangan. Hoshiyalar chapdan - 3 sm, o‘ngdan - 1.5 sm, tepadan - 2 sm, pastdan - 2 sm tarzida yozilishi shart. Xat boshi - chapdan 1 sm oraliq tashlab yoziladi.

Muallifga oid ma’lumot.

Na'muna:

Ilg‘orjon Madumarov

Tarix instituti doktoranti (katta ilmiy xodimi),

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Tel.: ????????? E˗mail: ?????????????

Ilg‘orjon Madumarov

O‘zbekiston Milliy universiteti

O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri (katta o‘qtituvchisi),

tarix fanlari doktori (nomzodi)

Tel.: ????????? E˗mail: ?????????????

Sarlavha.

Namuna: XIX – XX asr boshlari Xiva xonligi tibbiyot tarixidan

Havolalar (12):

  1. Абулғозихон — ўзбек давлатини бошқарган арабшоҳийлар сулоласининг 1645 ‒ 1663 йиллардаги етакчиси.
  2. Ўзбекистон миллий архиви. И-125-фонд, 1-рўйхат, 72-йиғмажилд, 175-варақ.

Takror kelsa: Ўша жойда.

Rus tilida bo'lsa: Там же.

  1. Н.Н. Муравьев. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах. Ч. 2. Москва. 1822. С. 138 – 140.
  2. Н.У. Холматов. Сазоғон маданияти ва унинг Ўзбекистон янги тош даврида тутган ўрни. Тарих фанлари доктори (DSc) диссертatsiяси автореферати. Самарқанд. 2019. 72-бет.
  3. Х.Е. Рустамова, Н.К. Стожарова, Қ.Ч. Нурмаматова, Ш.А. Абдурашидова. Тиббиёт тарихи. Тошкент. 2014. 135-бет.
  4. Р. Сулайманов. Археология мероси ва фани ҳақида баъзи мулоҳазалар. “O‘zbekiston tarixi” журнали. №3. 2020. 41 ‒ 42-бетлар.
  5. О.Г. Пуговкина. Нил Лыкошин: жизнь и призвание видного русского чиновника и востоковеда. История: проблемы объективности и нравственности (материалы научной конференции). Ташкент. 2003.

Bir asarni keyngi betlarda qayta ishlatilishi:

  1. Н.Н. Муравьев. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах. Ч. 2. Москва. 1822. С. 138 – 140.

Shu muallifning ishi keyingi betlarda takror kelsa qanday qo'llaniladi?

Na'muna: Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах. С. 138 – 140.

Jurnalning tili: davlat tili; ish yuksak ilmiy ahamiyat kasb etgan, muallif o‘zbek tilli bo‘lmagan holatlarda tahririyat qaroriga ko‘ra ingliz, rus va boshqa tillarda chop etilishi mumkin.

Maqola qisqacha ma'lumotnoma (rezyume)si 200 so'zdan iborat bo'lishi va tayanch iboralar 15 ta bo'lishi talab etilgan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!