Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

"Geliotexnika" xalqaro ilmiy jurnal


"Geliotexnika" xalqaro ilmiy jurnalining ta’sischisi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1965 yildan buyon nashr etilib, O'zbekiston Respublikasi Axborot va kommunikatsiya agentligi tomonidan 2006 yil 12 dekabrda qayta ro'yxatdan o'tkazilgan (sertifikat № 0077 va № 004780-10).

Jurnalning ingliz tilidagi talqini – “Applied Solar Energy” (ISSN 1934-9424).

"Geliotexnika" jurnali quyosh energetikasi (QE) va boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) yo’nalishida MDH ning taniqli bo'lgan ilmiy jurnallarilardan biridir.

Jurnalning asosiy maqsadi, QE turli yo’nalishlari va QTEM keng miqyosdagi muammolariga bag’ishlangan ustuvor yo’nalishdagi katta ilmiy tadqiqotlar bo'yicha olingan eng so’nggi yangiliklarni chop etishga mo’ljallangan.

Chop etiladigan til. Rus va ingliz tillarida.

Jurnalning maqsad iva vazifalari. Keng miqyosli ilmiy hodimlar, mutaxassislar, ilmiy ishchilar, magistr va doktorantlar, shuningdek, aniq va tabiiy fanlar sohasidagi olimlarni quyosh energiyasi va boshqa QTEM sohasidagi so'nggi ishlanmalar, yutuqlar va yangiliklarga oid ma'lumotlar bilan tanishtirish.

Mutaxassisligi. Jurnalda quyosh energiyasidan va boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo'yicha o'ziga xos ilmiy maqolalar chop etiladi.

Jurnalning o'ziga xos xususiyatlari. Jurnal quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha tadqiqot va ishlanmalarning barcha asosiy yo'nalishlarini qamrab oladi: Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to'g'ridan-to'g'ri aylantirish; Quyosh qurilmalari va ularni qo'llash; Quyosh energiyasining jamlovchi qurilmalari; Quyosh elektr stantsiyalari; Geliotexnik material shunoslik; Quyosh iyissiqlik - sovuqlik bilan ta'minlash, to'plash; Quyoshiy nurlanishi; Qayta tiklanadigan energiya manbalari; Mikrogeliotexnika; Geliotexnika iqtisodiyoti va ekologiyasi; Qisqa xabarlar; Geliotexnika yangiliklari (yilnomalar); Abadiy hotira.

Jurnalning alohida ilmiy va texnik muammolariga bag'ishlangan maxsus masalalar va sharhlar, shuningdek, xalqaro kongresslar, simpoziumlar va konferentsiyalar materiallari chop etilishi qo'llaniladi.

Quyosh energetikasi sohasida jurnal texnika fanlari ilmiy darajasiga davogarlarning maqolalarini nashr etadigan asosiy o'zbek milliy nashridir.

Tarqatish hududlari - rus tilida O'zbekiston Respublikasining barcha hududlari, shuningdek, Allerton Press Inc. ingliz tilida qayta nashr etiladi va dunyoning 45 dan ortiq mamlakatlarida tarqatiladi.

Moliyalashtirish manbai – Respublikada obuna hisobiga va Allerton Press Inc. mablag’laridan.

2017 yilda «Applied Solar Energy» jurnali Clarivate Analytics kompaniyasi tomonidan O’rta Osiyoning eng yaxshi ilmiy jurnali sifatida tan olingan va «Web of Science Awards 2017» mukofatiniqo’lgakiritgan.

Bosh muharrir

Lutpullaev Sagdulla Lutpullaevich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yadro fizikasi sohasidagi olim.

1949 yil 9 yanvarda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1971 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ni tamomlagan. Aspiran turada tahsil olgan. O’zR FA Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim, direktor o’rinbosari, direktor lavozimlarida ishlagan.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (2007-yildan boshlab 2018 yilgacha). 250 dan ziyod ilmiyishlar, jumladan 5 ta ixtiro muallifi. 2 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

2003 yilda «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Manzil:

100084, O'zbekiston Toshkent, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B

Telefon:

(+99871) 233-42-42

Faks:

(+998-71) 235-42-91

E-mail:

avezov@uzsci.netgltn.apse@gmail.com.

Sayt:

geliotekhnika.uz

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!