Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

"Matematika instituti byulleteni" elektron jurnali


"Matematika instituti byulleteni" elektron jurnali O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiya-si, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O'zbekiston Matematika Jamiyati tomonidan 2018 yilda ta'sis etilgan bo'lib, yiliga 6 ta son shaklida chop etilishi rejalangan. Chop etiladigan ilmiy maqolalar hajmiga cheklov qo'yilmaydi.

Jurnalda chop etiladigan ilmiy maqolalar 3 tilda: o'zbek, rus va ingliz tillarida bo'lishi nazarda tutilgan.

Tahririyat a'zolari matematikaning turli ilmiy yo'nalishlarida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar bo'lib, jurnal faoliyatida muhim ahamiyatga egalar.

 

 

Bosh muharrir

Shavkat Abdullayevich Ayupov

14.09.1952 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Mutaxassisligi: Matematika

Ish joyi: O’zbekiston Respublikasi Fanlarakademiyasi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institute direktori.

O`zbekistan Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985). Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan (1974). ToshDU da o`qituvchi (1977 - 1979) va O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutida kattailmiy xodim (1979 - 1988), algebra va analiz bo`limi mudiri (1986 yildan), direktor o`rinbosari (1986 - 1992), direktor (1992 - 1997). O`zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasi raisi, oliy va o’rtamaxsus ta’lim vazirining o’rinbosari bo’lib ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari funksionalanaliz va uning zamonaviy tarmoklaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. Ayupov Shavkat Abdullaevich No associtativ algebralar sohasida ham nazariy, ham tatbiqiy yo`nalishda yirik ilmiy maktab yaratdi.

Sh.Ayupov - O’zbekiston FA akademigi (1995 yildan), O’zbekiston Respublikasi Fan Arbobi (2011 y), I-chi darajali O’zbekististon Davlat mukofoti sovrindori (2017 y.)  2003 yildan Butun Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS) xaqiqiy a’zosi.

Manzil:

100170, O’zbekiston Respublikasi. Toshkent shahri. Mirzo-Ulug'bek tumani. Mirzo Ulug'bek ko'chasi 81-uy

Telefon:

(+998-71) 262-75-44

Faks:

(+998-71) 262-73-57

E-mail:

matinstbul@gmail.com

Sayt:

http://mib.mathinst.uz/home.html

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!