Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ma'ruzalari


 

Учредителем научного журнала «Доклады Академии наук Республики Узбекистан» является Академия Наук Республики Узбекистан. Журнал издается с 1944 г.,  (ISSN 2181-5372).

Журнал «Доклады Академии наук Республики Узбекистан» публикует научные статъи ученых Узбекистана в области математики, технических наук (проблемы механики, энергетики, ИКТ-технологии, сейсмологии и другие), естествознания (физика, астрономия, химия, биология, зоология, генетика, геология, география, экология и другие).

Язык издания. Узбекский, русский, английский

Цель и задачи журнала. Ознакомление широкого круга научных сотрудников, специалистов, магистров и докторантов научно-исследовательских институтов и вузов, информацией о последних разработках, достижениях и новостях в области математики, технических наук, естествознания.

Специальность. В журнале публикуются оригинальные научные статьи, представленные действительными членами (академики) Академии наук Республики Узбекистан.

Регионыраспространения–Журнал распространяется только по подписке.

Источники финансирования – внебюджетные средства и за счет подписки в Республике.

 

 

 

 

 

 

 

 

Bosh muharrir

Yuldashev Bexzod Sodiqovich
Fanlar akademiyasi prezidenti

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (2017-yil 10-yanvardan  - hozirgi vaqtga qadar) Fizika sohasi olimi, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi. O’zSSR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1983 y.) Amerika fiziklari jamiyati a’zosi, Indiana universiteti, Vashington universiteti (AQSh) va Kembridj universitetlari (Buyuk Britaniya) faxriy professori (fellow), Islom dunyosi akademiyasi (IAS) akademigi, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (BYTI, Dubna shahri, Rossiya)  faxriy doktori. Xalqaro ESO mukofoti laureati (2004 y.)  

1945-yil 9-mayda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1968-yilda Toshkent Davlat univesiteti va Moskva Davlat univesitetini yadro fizikasi mutaxassisligi bo’yicha  a’lo baholar bilan tamomlagan. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdaemiyasi haqiqiy a’zosi – akademik (2000 y.), fizika-matematika fanlari doktori (1981 y.), professor (1987 y.), fizika-matematika fanlari nomzodi (1971 y.). 1990-2006 - yillarda va 2017-yildan bugunga qadar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdaemiyasi Yadro fizikasi instituti direktori. Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida katta ilmiy xodim, Fizika-texnika institutida  laboratoriya mudiri, Yadro fizikasi instituti direktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdaemiyasi prezidenti (2000-2005 yy.), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, Xalqaro atom energiyasi agentligida (Vena sh., Avstriya) fan bo’yicha maslahatchi, Vashington universiteti, Stenford universiteti (AQSh) va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida taklif etilgan professor lavozimlarida ishlagan. Milliy tezlatgichlar laboratoriyasi Fermilab (AQSh) va Triumf (Vankuver, Kanada) laboratoriyalari tezlatgichlarida xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan bajarilgan ikkita eksperimentlarga ilmiy rahbarlik qilgan. Yevropa yadro tadqiqotlari markazining (CERN, Jeneva, Shveysariya) Katta adron kollayderida (Large Hadron Collider) o’tkaziladigan eksperimentlarda ishtirok etadi. Yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadro qurollarini tarqatmaslik bo’yicha amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan. Asosiy ilmiy-tashkiliy faoliyati elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohalarida yadro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi. 300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya va 20 ta ixtiro muallifi.

Ilmiy rahbarligida 8  fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan. «Mehnat shuhrati» Ordeni bilan mukofotlangan (2003 y.)

Manzil:

Toshkent, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institute, 100084, O'zbekiston

Telefon:

(+99871) 233-46-24

Faks:

(+99871) 233-74-82

E-mail:

fund@academy.uz

Sayt:

http://www.academy.uz

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!