Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbek tilining dolzarb muammolariga bag'ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi


2019-yilning 18-oktabr kuni soat 10:00 da “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili vazifaviy uslublarining taraqqiyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi:

O‘zbek nazariy tilshunosligi, leksikologiya va leksikografiyasi, o‘zbek tili tarixi va shevashunosligi, shuningdek, ona tili va til ta’limi muammolariga doir tadqiqotlarni yangi ilmiy g‘oyalar bilan boyitish; o‘zbek tilshunosligining keyingi taraqqiyotini belgilaydigan dolzarb muammolar xususida fikr almashish.

 

Konferensiyaga quyidagi yo‘nalishlar doirasida maqolalar qabul qilinadi:

  1. Globallashuv davrida o‘zbek tili vazifaviy uslublarining taraqqiyoti.
  2. Yangi ilmiy yo‘nalishlar va nazariy tilshunoslik masalalari
  3. Leksikologiya va leksikografiya muammolari
  4. O‘zbek tili tarixi va shevashunosligi
  5. Globallashuv davrida ona tili va til ta’limi muammolari

 

Konferensiyada respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant va tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya materiallari kitob shaklida chop qilinadi.Materiallar o‘zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin.

Ma’ruzalarni rasmiylashtirishga doir talablar:

Ma’ruza hajmi kamida 5 sahifa bo‘lishi lozim (5-8 sahifa). Ma’ruzalar matni Microsoft Office Word dasturida, qator oralari 1,5 interval, 14 shriftda; matnningtepa va pastidan 20 mm, chap tomonidan 25 mm, o‘ng tomonidan 15mm. joy qoldirgan holda  Times New Roman shriftida taqdim etilishi lozim. Mualliflarning ism-familiyasi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni sahifaning yuqori o‘ng sahifasida beriladi. Foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida alifbo tartibida, ularning raqami va sahifasi maqola ichida katta qavsda beriladi.

Muayyan ilmiy yangiligi mavjud bo‘lmagan, shuningdek, belgilangan texnik talablarga javob bermaydigan, imloviy va uslubiy xatolari bo‘lgan maqolalar chop qilinmaydi. Tahririyat muhokamasidan o‘tgan eng yaxshi maqolalar konferensiyaning yalpi majlisida ma’ruza qilish uchun tavsiya qilinadi.

Taqdim etilgan maqolalarning har sahifasiga nashr ishlari uchun 10000 so‘mdan to‘lanadi.

 Belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan ma’ruzalar 2019-yilning 10-oktabriga qadar quyidagi ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natilishi  lozim:

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga murojaat etishingiz mumkin.E-mail: axm.aziza@mail.ru;  Tel:(71) 233-71-44; (97) 782-88-21; (90) 947-44-99.

Tashkiliy qo'mita


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!