Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

“Beruniy o‘qishlari” ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tadi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 2019-yil 4-sentabrda “Beruniy o‘qishlari” nomidagi  ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazadi. Institut ma’muriyati beruniyshunoslik yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlarni anjumanda ishtirok etishga taklif qiladi.

Ilmiy ma’ruzalar (8-10 bet) shu yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi. Anjuman materiallari OAK tarkibidagi ilmiy jurnallardan birida chop etilishi ko‘zda tutilgan. Ma’ruza uchun reglament 10 daqiqa.

 

Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirish talablari:

 

  1.  Matnlar Times New Roman shriftida, belgilar kattaligi 14,
    satrlar orasi 1 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
  2. Qog‘oz o‘lchami: A4 (210-297 mm).
  3. Matn yuqorisidan 2,5 sm, pastdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm hoshiyalar qoldirilishi talab etiladi.
  4. Sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi birinchi qatorda ma’ruzachining ismi, sharifi, ikkinchi qatorda tashkilotining to‘liq nomi, uchinchi qatorda telefon raqami (kodi bilan) va elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
  5. Mavzu nomi qoraytirilgan katta harflar bilan beshinchi qatorda, sahifa o‘rtasidan yoziladi.
  6. Ma’ruzada mavzu orqali ko‘tarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy amaliy-ahamiyati va xulosasi kisqa mazmunda berilishi, turli sitata, jadval va sxemalar keltirilishi, hamda havolalar satr ostida berilishi mumkin (Masalan: Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanishi jarayoni. Toshkent, 2001. B. 135.).
  7. Matnga qo‘shimcha ravishda annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tilida  berilishi kerak.
  8. Material elektron va qog‘oz shaklda topshirilishi so‘raladi.

  Kechiktirilgan va talablar bo‘yicha tayyorlanmagan matn qabul qilinmaydi.

Manzilimiz:

100170, Toshkent sh.,

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy,

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.

Murojaat uchun:

Telefon va telegramm raqami:  911329730

E-mail: hilolnazirova@gmail.com


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!