Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

“Akademiada-2019” sport musobaqalarida faol ishtirok eting!


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Sizlarni “Akademiada-2019” sport musobaqalarida faol qatnashishga chorlaydi!

Shaxmat, stol tennisi, akademkross 18-34 yosh va 35 yoshdan yuqori bo‘lgan xodimlar (ayollar va erkaklar) hamda mini futbol (erkaklar) sport turlari bo‘yicha o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Barcha ilmiy-tadqiqot muassasalarida joriy yilning 1-8-aprel kunlari saralash bosqichlari (ichki), ilmiy-tadqiqot muassasalari g‘oliblari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha final o‘yinlari 12-13-aprel kunlari Yunusobod sport majmuasida va qolgan sport turlari bo‘yicha final bellashuvlari 20-aprel kuni O‘zR FA Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Final bosqichlari g‘oliblari pul mukofotlari hamda diplom bilan taqdirlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!